Boshlash
Dasturchi kerakmi?
Yoʻq. emarto botini oching, doʻkonga nom bering va birinchi mahsulotni forma orqali qoʻshing. Keyin bot yetkazib berishni tanlash va oʻz botingizni ulashda yordam beradi. Mini App va doʻkon sayti oʻzi paydo boʻladi.
Bot tokenini qanday olish mumkin?
@BotFatherʼni oching, /newbot yuboring, nom va «bot» bilan tugaydigan manzil oʻylab toping. BotFather token yuboradi — shu xabarni emarto botiga uzating. Token yozilgan xabarni bot chatdan darhol oʻchiradi.
Mavjud botimni ulasa boʻladimi?
Ha, agar u boshqa emarto doʻkoniga ulanmagan boʻlsa. Eʼtibor bering: bot avvalgi xizmat bilan ishlashni toʻxtatadi — uning barcha xabarlarini emarto qabul qiladi.
Bir nechta doʻkon ochsa boʻladimi?
Ha. Har bir doʻkonning oʻz boti va oʻz obunasi boʻladi.
Doʻkon qaysi tillarda ishlaydi?
Oʻzbek va rus tillarida. Mini App xaridorning Telegram tilida, sayt esa brauzer tilida ochiladi; RU/UZ almashtirgich — yuqori qismda. Mahsulot nomi va tavsifi siz qanday yozgan boʻlsangiz, shunday koʻrinadi.
Mahsulotlar va buyurtmalar
Mahsulotlarni qanday qoʻshaman?
Doʻkon botida: rasm yuboring, keyin nomi, narxi va qoldigʻini yozing. Yoki kompyuterdan veb-kabinetda. 5000 tagacha mahsulot, har biriga 8 tagacha rasm, oʻlcham va ranglar bor.
Narxlarni dollarda qoʻysa boʻladimi?
Ha. Avval dollar kursini kiriting — botda /rate buyrugʻi bilan yoki kabinetda. Xaridor narxni dollarda va taxminiy soʻmdagi summasini koʻradi, toʻlov esa kursingiz boʻyicha soʻmda. Yetkazib berish doim soʻmda.
Yetkazib berish qanday ishlaydi?
Usullarni oʻzingiz belgilaysiz: nomi, soʻmdagi narxi va manzil kerakmi. Masalan, «Olib ketish — bepul» va «Toshkent boʻylab kuryer — 20 000 soʻm». Manzil kerak boʻlsa, xaridor uni yozadi yoki xaritada nuqta belgilaydi.
Yangi buyurtma haqida qanday bilaman?
Buyurtma kartochkasi doʻkon botiga keladi. Javob berish uchun 24 soat bor: qabul qiling yoki rad eting, aks holda buyurtma oʻzi bekor boʻladi va mahsulot qoldiqqa qaytadi.
Telegrami yoʻq odam xarid qila oladimi?
Yoʻq. Saytdagi katalogni hamma koʻra oladi, lekin buyurtma berish uchun xaridor doʻkonning Telegram boti orqali kiradi — buyurtma holati ham oʻsha yerga keladi.
Menejer qoʻshsa boʻladimi?
Hozircha yoʻq — menejerlarni taklif qilish ishlab chiqilmoqda. Hozir doʻkonni egasi boshqaradi.
Xaridorlar toʻlovi
Xaridorlar qanday toʻlaydi?
Rasmiylashtirishda xaridor tanlaydi: Payme orqali karta bilan yoki buyurtmani olganda naqd pul bilan. Payme siz uni ulaganingizdan keyin paydo boʻladi.
Paymeʼni qanday ulash mumkin?
Veb-kabinetning «Toʻlov» boʻlimida. Payme Businessʼda veb-kassa yarating va uning sozlamalariga emarto kabinetidagi manzilni qoʻying, emarto kabinetiga esa kassa ID va kalitini kiriting. Test rejimida toʻlovni tekshiring va qabul qilishni yoqing.
Savdodan foiz olasizmi?
Yoʻq, faqat obuna. Payme orqali toʻlov toʻgʻridan-toʻgʻri kassangizga tushadi, Payme komissiyasini oʻz tarifi boʻyicha oladi.
Obuna
Qancha turadi?
Oyiga 150 000 so'm, birinchi 7 kun — bepul.
Obunani qanday toʻlash mumkin?
Hisob emarto botiga keladi. Summani hisobdagi kartaga oʻtkazing va «Toʻladim» tugmasini bosing — chek rasmini ham qoʻshsa boʻladi. Toʻlovni tekshirganimizdan soʻng obuna uzaytiriladi.
Toʻlanmasa nima boʻladi?
emarto boti 3 kun oldin va toʻlov kuni eslatadi. Keyin 3 kunlik imtiyoz, soʻng doʻkon xaridorlar uchun yopiladi. Mahsulotlar va buyurtmalar saqlanadi — toʻlovdan keyin doʻkon yana ochiladi.